Mirzo Ulug'bek

Buyuk o‘zbek astronomi, matematigi va davlat arbobi

Mirzo Ulug'bek

Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy – 1394-yil 22-mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida, Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li Shohrux Mirzo oilasida dunyoga kelgan. Muhammad Tarag‘ay bolalik yillari buvisi Bibixonimning tarbiyasida bo‘lgan. 1405-yil Xitoyga qilinayotgan yurish boshida Temur vafot etgach, ikki yil davomida uning avlodlari o‘rtasida taxt uchun kurash davom etadi. Kurashda Temurning kenja o‘g‘li Shohruxning qo‘li baland keladi. U o‘z davlati poytaxti sifatida Hirotni tanlaydi, Movarounnahr poytaxti bo‘lgan Samarqandni esa o‘g‘li Ulug‘bekka topshiradi.

Ulugʻbek trigonometriya va sferik geometriya kabi astronomiya bilan bogʻliq matematika sohasidagi ishlari, shuningdek, sanʼat va intellektual faoliyatga umumiy qiziqishlari bilan ajralib turardi. Besh tilni: turkiy, arab, fors, moʻgʻul va oz miqdorda xitoy tillarini bilgan deb taxmin qilinadi. Ulugʻbek hukmronligi davrida (avval hokim, keyin toʻgʻridan-toʻgʻri) uning eʼtibori va homiyligi tufayli temuriylar uygʻonish davrining madaniy choʻqqisiga erishdi. Samarqand hokimligi, otasi Shohrux Mirzo tomonidan Ulugʻbekga berilgan.Dastlab uning hukumronligi Samarqand, Buxoro, Nasaf, viloyatlari bilan cheklangan. 1412 yil Mavronnahr va Turkiston hokimiyati 18 yoshli Ulugʻbek qo'liga o'tgan 40 yil davomida mamlakatni boshqargan.

Ma'lumot
Mirzo Ulug‘bek - ilmning har bir sohasida iz qoldirgan buyuk alloma
Ilmiy merosi

Mirzo Ulug'bek turli sohalarda o'z ilmiy merosiga ega

Oʻsmir hukmdor shaharni imperiyaning intellektual markaziga aylantirishni maqsad qilgan. 1417—1420-yillarda Samarqanddagi Registon maydonida madrasa („universitet“) qurdirdi va koʻplab islom astronomlari va matematiklarini oʻqishga taklif qildi.

Ulugʻbekning astronomiya boʻyicha eng mashhur shogirdi Ali Qushchi (1474-yilda vafot etgan) edi. Qozizoda Rumiy Ulugʻbek madrasasining eng koʻzga koʻringan muallimi boʻlgan va keyinchalik bu oʻringa astronom Jamshid al-Koshiy kelgan.

Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish „Ziji jadidi Koʻragoniy“ deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulugʻbek tibbiyot va musiqaga ham qiziqqan, sheʼrlar ham yozgan. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan.

#

MirzO Ulug'bek eng ko'p shug'ullangan sohalar

Astronomiya

Ulugʻbek yulduzlar jadvali va sayyoralarning joylashuvlarini aniqlagan. Bu ishlar katta maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish uchun asos boʻlgan.

Matematika

Ulugʻbek trigonometriya jadvallarini tuzgan. Bu IT sohasidagi hisob-kitoblar va grafikalar uchun asos yaratgan.

Geografiya

Ulugʻbek yer yuzasini oʻlchash va xaritalash ishlari bilan shugʻullangan. Bu hozirgi GIS va joylashuv texnologiyalariga hissa qoʻshgan.

Ta'lim

Ulugʻbek ilm-fanga homiylik qilgan va astronomiya, matematika kabi fanlarni oʻrgatgan madrasalar ochgan.

Astronomiya

Ulug‘bekning yulduzlar jadvalida esa 1018 ta yulduzning aniq koordinatlari berilgan bo‘lib, bu katalog shu choqqacha dengizchilar uchun yulduzlarga qarab geografik koordinatlarni aniqlashda eng ishonchli vosita bo‘lib kelmoqda. Ulug‘bek matematikaga va astronomiyaga oid ko‘plab risolalarning muallifi. Shuningdek, uning 1445 yili yozib tugallagan “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Ko‘ragoniy yangi astronomik jadvallari”) asari Ulug‘bek va Ulug‘bek astronomik maktabiga, aniqrog‘i Ulug‘bek akademiyasiga olamshumul shuhrat keltirdi.

Galereya

Mirzo Ulug'bek

Samarqanddagi Ulug'bek madrasasi

Buxorodagi Ulug'bek madrasasi

Astronomiya

Observatoriya

Mirzo Ulugʻbek va Ali Qushchi rasadxonada

Oydagi Mirzo Ulugʻbek sharafiga nomlangan krater

Mirzo Ulugʻbek sharafiga SSSR pochta markasi.

Ulug‘bek kutubxonasidagi kitoblar soni 15 ming jiddan ziyod bo‘lgan.

Mirzo Ulug'bek haqda boshqalar

Volter

Transoksianada uning (ya'ni Temurning) o‘rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi».

G‘iyosiddin Jamshid Koshiy

Ulug‘bek donishmand kishidir. Men bu narsani odob rasmi yuzasidan aytayotganim yo‘q. U kishi Qur'oni Karimning aksariyat qismini yoddan biladilar. Tafsirlarni va mufassirlarning har bir oyat haqidagi so‘zlarini yoddan biladilar va arabchada g‘oyat yaxshi yozadilar. Shuningdek, u kishi fiqhdan ancha habardorlar, mantiq ma'nolarining bayoni va usullaridan ham xabardorlar, riyoziyot fanining barcha tarmoqlarini mukammal egallagan va shunday jiddiy mahorat ko‘rsatganlar

G‘iyosiddin Jamshid Koshiy

Ulug‘bek tomonidan tuzilgan “Zij” - astronomik jadvallar Yevropaning barcha observatoriyalarida asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib kelgan.